Xorazm viloyati, Xiva shaxar Kibla-tozabog maxalasi

blog

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali qasamyod qilib, o‘z lavozimiga kirishdi.


Shundan so‘ng davlat rahbari nutq so‘zladi.
«Odamlar endi bizdan yangi amaliy ishlarni kutyapti. Millionlab insonlar – ota-onalarimiz, opa-singillarimiz, o‘g‘il-qizlarimiz bugun bizga umid va ishonch bilan ko‘z tikib    turibdi. Ana shunday umid va ishonchni oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi natijalar bilan mustahkamlash bizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishi shart», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga chiroyli, balandparvoz gapiga qarab emas, faoliyatining aniq natijasiga qarab baho beriladi.
«Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladigan, byurokratiya va korrupsiya balosiga berilgan har qanday rahbar bilan – u vazir yoki hokim bo‘ladimi, boshqa mas’ul vazifadagi amaldor bo‘ladimi – salbiy harakatlari bilan davlat obro‘siga putur yetkazayotgan bunday kishilar bilan uzil-kesil xayrlashamiz. Ularning o‘rniga bilimli, Vatan va xalq tashvishi bilan yashaydigan yosh-yosh yigit-qizlarni qo‘yamiz.
Mana, safimizga yurtimizdagi, chet eldagi nufuzli oliygohlarda o‘qigan, yirik kompaniyalarda ishlagan qancha-qancha salohiyatli yoshlar kirib kelmoqda. Men ularning timsolida avvalo ertangi kunimizning yangi rahbarlarini, hudud, tarmoq va sohalarning mohir boshqaruvchilarini ko‘raman», - dedi prezident.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva shaxar Kibla-tozabog maxalasi
  • +998 (62) 377-63-29
  • info@xiva-agrotexn.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Texnikum manzili

File engine/modules/simple_dle_stats/index.php is in the folder, which is available to write (CHMOD 777). For security purposes the connection files from these folders is impossible. Change the permissions on the folder that it had no rights to the write.